Bugun 14 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Oq Uydagi UFC turniriga kirish bepul(mi?)

Oq Uydagi UFC turniriga kirish bepul(mi?)

UFC rahbari Dana Uayt O‘zbekiston vaqti bilan 15 iyun kuni Oq Uy hududida bo‘lib o‘tadigan UFC turnirining chipta siyosati haqida gapirib berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, oqshomga 85 mingga yaqin tomoshabin tashrif buyurishi mumkin, barcha chiptalar bepul bo‘ladi. Promoushen rahbari tez orada tashkilot ularni qanday olish mumkinligini e’lon qilishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu kechaning markaziy to‘qnashuvida yengil vaznda amaldagi chempion Iliya Topuriya va mezbonlar vakili Jastin Getji o‘zaro jang qiladi.

Kiritildi: 23:12 13.03.2026. O'qildi: 240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!