"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Real"ga qarshi o‘yin oldidan jamoa boshlang‘ich tarkibida qilingan o‘zgarishlar haqida fikr bildirdi.
"Eshiting, bu mavsumda Niko O’Rayli necha marta chap qanot himoyachisi sifatida o‘ynadi? Nechta?
Yagona o‘zgarish — Abduqodir Husanov edi. Chunki Vinisius aynan o‘sha hududda harakat qiladi va biz hujum qilishda ortiqcha o‘ylab o‘tirmaydigan futbolchini tushirishni istadik. Vingerlar-chi? Ha, ikki oy jarohatda bo‘lishdi. Lekin ular ajoyib o‘ynashdi: Savinyo "Nyukasl"ga qarshi, Jeremi Doku esa doimo xavfli futbolchi hisoblanadi.
Shuningdek, tajribali o‘yinchilar — Bernardu Silva va Rodri bor. Yugurishga moyil futbolchilar — Niko O’Rayli va Antuan Semenyo. Ularning barchasida gol urish hissi bor, standart vaziyatlar ham hisobga olingan.
Rotasiya? Men buni "Nyukasl"ga qarshi o‘yinda ham qilganman — o‘shanda tarkibda to‘qqiz nafar boshqa futbolchi maydonga tushgan. Maqsad vingerlar orqali raqibni pastroqda ushlash, markazdagi futbolchilar orqali jarima maydoniga yaqinlashish, tajribali o‘yinchilar bilan qaytgan to‘plar ustidan nazorat o‘rnatish va orqa chiziqda tezkor futbolchilardan foydalanish edi — g‘oya shu edi", — dedi Gvardiola.