Bugun 11 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

FIFA prezidenti va Donald Tramp Eronning Jahon chempionatidagi ishtirokini muhokama qilishdi

FIFA prezidenti va Donald Tramp Eronning Jahon chempionatidagi ishtirokini muhokama qilishdi

FIFA rahbari Djanni Infantino Eron terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishi yoki etmasligi borasida fikr bildirdi. Mundial Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadi. Avvalroq, AQShning harbiy amaliyoti sababli eronliklar musobaqaga kelmasligi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

"Men Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdim va unda Eron bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildik. U bo‘lajak turnirda jamoani kutayotganini ma’lum qildi", — deyiladi rahbarning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida.

Eron terma jamoasi Misr, Belgiya va Yangi Zelandiya milliy terma jamoalari bilan bir guruhdan joy oldi. Eron terma jamoasining barcha o‘yinlarini AQShda o‘tkazish rejalashtirilgan.

Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: Bugun 12:00. O'qildi: 665 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!