Bugun 28 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Oq uy “xavf yuqori” bo‘lgan 19 mamlakat fuqarolarining grin-kartalarini qayta ko‘rib chiqadi

Oq uy “xavf yuqori” bo‘lgan 19 mamlakat fuqarolarining grin-kartalarini qayta ko‘rib chiqadi

“Meduza”: Oq uy “xavf yuqori” bo‘lgan 19 mamlakat fuqarolarining grin-kartalarini qayta ko‘rib chiqadi. Tramp esa “uchinchi dunyo mamlakatlarining barchasidan” migrasiyani to‘xtatishga va’da berdi

AQSh fuqarolik va migrasiya xizmati rahbari Jozef Edlouning ma’lum qilishicha, prezident Donald Tramp unga “tashvish uyg‘otayotgan har qanday davlatdan kelgan har bir xorijiy fuqarolarning grin-kartalarini to‘liq va puxta qayta tekshirish”ni topshirgan.

"Qaysi mamlakatlar ro‘yxatga kiritilgani haqidagi savolga javoban, migrasiya xizmati Trampning iyun oyidagi farmoniga ishora qildi. Unda mamlakatlar milliy xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash mezonlari bo‘yicha bir necha toifaga ajratilgan edi", deya yozadi nashr.

Mazkur farmonga ko‘ra, “eng xavfli” toifaga 12 mamlakat — Afg‘oniston, Gaiti, Eron, Liviya, Yaman va boshqalar kirgan. Ushbu mamlakatlar fuqarolarining Qo‘shma Shtatlarga kirishi mulaqo cheklangan. Keyingi toifada (kirish qisman cheklangan) yana yetti mamlakat, jumladan Togo, Turkmaniston va Venesuela bor. Rossiya va Belarus bu ro‘yxatlarda yo‘q.

"AQSh to‘liq tiklanishi uchun uchinchi dunyo mamlakatlarining barchasidan migrasiyani abadiy to‘xtatish zarur. Qo‘shma Shtatlarga aniq foyda keltirmaydiganlarni mamlakatdan chiqarib yuborishimiz lozim", — deya fikr bildirdi AQSh prezidenti.

Kiritildi: Bugun 17:50. O'qildi: 571 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!