Oq uy "o‘zga sayyoraliklar" xaritasi bo‘lgan saytni ishga tushirdi, bu yerda noqonuniy migrantlar shunday nomlangan – OAV.
Sahifada "Maxfiy materiallar" seriali musiqasi ostida AQSh rasmiylari o‘nlab yillar davomida "oramizda yashagan va biz bilan muloqotda bo‘lgan o‘zga sayyoraliklar" haqidagi haqiqatni yashirib kelgani da’vo qilinadi.
"Bular yashil odamchalar emas. Bular tun qorong‘uligida mamlakatimizga bostirib kirgan millionlab noqonuniy migrantlardir", — deyiladi saytdagi bayonotda.