Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Oq uy savdo balansining nomutanosibligi bor davlatlarga bojxona bojlari joriy etishni ko‘rib chiqmoqda, Rossiya ham aynan shu ro‘yxatda

Oq uy savdo balansining nomutanosibligi bor davlatlarga bojxona bojlari joriy etishni ko‘rib chiqmoqda, Rossiya ham aynan shu  ro‘yxatda

Bu haqida The Wall Street Journal xabar berdi.

"Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan bojxona bojlarini 2 aprelda joriy etish rejasiga nisbatan Oq uyning yondashuvi ancha aniqlashtirilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, endi bu bojlar alohida tarmoqlarga emas, balki AQSh bilan savdosi katta ulushni tashkil etadigan mamlakatlarga qo‘llanishi mumkin", deb yozadi gazeta.

Nashrga ko‘ra, Tramp ma’muriyati bu bojlarni asosan AQSh bilan savdo balansining nomutanosibligi yuqori bo‘lgan davlatlarga joriy etishga e’tibor qaratmoqda. Bu kabi mamlakatlar orasida Yevropa Ittifoqi davlatlari, Avstraliya, Braziliya, Kanada, Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya, Meksika, Vyetnam va Rossiya bor.

The Wall Street Journal'ning ma’lumotlariga qaraganda, Tramp jamoasi prezidentning favqulodda iqtisodiy vakolatlaridan foydalanib, bojlarni 2 aprel kuni darhol joriy etishi mumkin. Ammo, ularning ta’kidlashicha, yakuniy qarorlar hali qabul qilinmagan.

Kiritildi: 21:33 24.03.2025. O'qildi: 510 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!