Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Oq uy matbuot kotibi: "Isroil AQSh fikriga ta’sir o‘tkazishga harakat qilmoqda"

Oq uy matbuot kotibi: "Isroil AQSh fikriga ta’sir o‘tkazishga harakat qilmoqda"

AQSh prezidenti Donald Tramp bir qator xorijiy davlatlar, jumladan, Isroil ham mamlakatdagi jamoatchilik fikriga ta’sir o‘tkazishga harakat qilayotgani haqidagi pozisiyaga qo‘shiladi.

Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt bu haqda brifingda vise-prezident Jey Di Vensning bayonotlariga nisbatan Amerika rahbarining pozisiyasini sharhlash chog‘ida aytib o‘tdi.

"Menimcha, prezident xorijiy davlatlar Qo‘shma Shtatlardagi jamoatchilik fikriga ta’sir o‘tkazish uchun harakat qilayotganiga albatta qo‘shiladi. Bunga shubha yo‘q - bu asosiy fakt", deb ta’kidladi Levitt vise-prezident Jey Di Vensning so‘nggi bayonotlari haqidagi jurnalistlarning savollariga javoban.

Avvalroq, Vens Jo Roganning podkastida gapirar ekan, Isroil hukumati ichida "Amerikadagi jamoatchilik fikrini manipulyasiya qilayotgan va uni harbiy harakatlar cheksiz davom etishi uchun shakllantirishga harakat qilayotgan" shaxslar borligiga ishora qilgan edi. Vise-prezident bu Isroil rahbarlari Vashington va Tehron o‘rtasidagi mumkin bo‘lgan kelishuvga qarshi ekanliklarini ta’kidladi.

Kiritildi: 10:21 17.07.2026. O'qildi: 1114 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!