Vashington ma’muriyatining fikricha, Eron rahbariyati shunday qarorga kelsa, "bir-ikki hafta" ichida yadroviy qurol yaratish imkoniyatiga ega.
Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt jurnalistlar uchun o‘tkazilgan navbatdagi brifingda ma’lum qildi.
"Eron yadroviy qurolga ega bo‘lishi uchun hamma narsaga ega. Buning uchun Oliy Rahbarning qarori bo‘lishi kerak. Bu qurollarni ishlab chiqarish uchun bir necha hafta kerak bo‘ladi. Ular, albatta, nafaqat Isroil, balki AQSh va butun dunyo uchun ekzistensial xavf tug‘diradi".
Kerolayn Livittning so‘zlariga ko‘ra, "butun dunyo Eron yadro quroliga ega bo‘lmasligiga rozi".