Bugun 12 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Oq uy Eron va AQSh o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tayotganini tasdiqladi

Oq uy Eron va AQSh o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tayotganini tasdiqladi

Oq uy Eron va AQSh o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar boshlanganini rasman tasdiqladi.

Ma’lum qilinishicha, AQSH, Eron va Pokiston vakillari Islomobodda uch tomonlama yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazmoqda.

Bayonotga ko‘ra, muzokaralarda AQShning mazkur masala bo‘yicha ekspertlari ham ishtirok etmoqda, qo‘shimcha maslahatchilar esa Vashingtondan turib yordam ko‘rsatmoqda.

Avvalroq xabarlarda AQSh tomonidan Jey Di Vens, Stiv Uitkoff va Jared Kushner ishtirok etayotgani aytilgan edi.

Eron tomonidan esa Muhammad Bog‘ayer G‘olibaf hamda Abbos Aroqchi qatnashmoqda. Muzokaralar Pokiston harbiy qo‘mondoni Osim Munir ishtirokida o‘tmoqda.

Kiritildi: 21:54 11.04.2026. O'qildi: 428 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!