Bugun 8 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

OPEK+ davlatlari neft qazib olish rekord darajada oshirilishini e’lon qildi

OPEK+ davlatlari neft qazib olish rekord darajada oshirilishini e’lon qildi

OPEK+ davlatlari neft qazib olish rekord darajada oshirilishini e’lon qildi.

May oyidan boshlab OPEK+ning asosiy a’zolari – Saudiya Arabistoni, Rossiya, BAA, Quvayt va Iroq kunlik neft yetkazib berish hajmini 411 ming barrelga oshirish haqida ma’lum qildi. Bu ko‘rsatkich 2020 yildan buyon qayd etilgan eng yuqori o‘sish hisoblanadi.

Shu bilan birga, OPEK bu miqdor o‘zgarib borayotgan shartlarga qarab vaqtincha to‘xtatilishi yoki bekor qilinishi mumkinligini eslatdi.

Neft qazib olishda yetakchi sakkiz davlatning navbatdagi uchrashuvi 5 mayga belgilangan bo‘lib, unda iyun oyidan boshlab qazib olish kvotalari muhokama qilinadi. Ishtirokchilar bu shartlarni har oy qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda.

Kelgusi oyda bozorga kiradigan yangi neft oqimlari narxlarning tushishiga olib keldi. Bunga Tramp ma’muriyatining boj tariflari ham allaqachon bosim o‘tkazgan edi.

"Trampning “tariflar siyosati” sababli bozorlar allaqachon global resessiyadan xavotirda, bunday sharoitda qo‘shimcha barrel neftlar “jiddiy bo‘ron”ga sabab bo‘lishi mumkin", — deya izoh berdi Onyx Commodities tadqiqotlar bo‘yicha rahbari Hari Chilingiryan.

Kiritildi: 17:41 04.04.2025. O'qildi: 900 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!