Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

“OnePlus 7T” eng yaxshi smartfonlar reytingida peshqadam

“OnePlus 7T” eng yaxshi smartfonlar reytingida peshqadam

“Business Insider” nashri narx va funksionallik bog‘lanishi hisobga olingan holda eng yaxshi smartfonlar reytingini e’lon qildi.

1-o‘rinni Xitoyning OnePlus 7T smartfoni egallagan. Nashrning ta’kidlashicha, qurilma 2019 yilda unumdorlik bo‘yicha Android-qurilmalar orasida eng yaxshisi hisoblanadi hamda chiroyli dizayn, a’lo sifatdagi kamera va yaxshi avtonomlik bilan ajralib turadi.

2-o‘rinni Apple’ning iPhone 11 smartfoni egalladi. Ushbu smartfon a’lo darajadagi 6,1-dyuymli ekran, kuchli prosessor hamda unumdor kameraga ega.

3-o‘rinni OnePlus’ning 7 Pro modeli egalladi. Ushbu gadjet unumdor prosessor, yaxshi sifatdagi kamera hamda barmoq izlari va yuzni tanishning o‘ta tezkor datchiklariga ega.

Reytingning 4-o‘rnidan Google’ning Pixel 3a va Pixel 3a XL smartfonlari joy oldi. Ushbu gadjetlar yaxshi unumdorlik hamda avtonomlikka ega va OLED-displey bilan jihozlangan.

5-o‘rinni OnePlus 6T modeli egalladi. Ushbu qurilma Xitoy kompaniyasining boshqa qurilmalari kabi a’lo darajadagi avtonomlik, o‘ta tezkor quvvatlash qurilmasiga ega.

Shuningdek, reytingdan Samsung Galaxy S10e, iPhone XR, Samsung Galaxy Note 10 Plus, Samsung Galaxy S10 va Galaxy S10 Plus, iPhone 11 Pro va iPhone 11 Pro Max kabi modellar o‘rin olgan.

Kiritildi: 18:50 29.09.2019. O'qildi: 2445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!