2 oktyabrdan boshlab barcha maktabgacha ta’lim muassasalari o‘z faoliyatini odatiy ish rejimida davom ettirishi aytildi.
“Amaldagi qonunchilikka muvofiq, ayrim bog‘chalarimizda umumiy ovqatlanish xizmatlari xususiy korxonalar tomonidan autsorsing tizimi orqali yo‘lga qo‘yilgan. Shartnomalarda sanitariya talablari va me’yorlariga qat’iy rioya qilish belgilangan.
Shu bilan birga, Vazirlik o‘z mas’uliyatini chuqur his qiladi va nazorat mexanizmlarini yanada kuchaytiradi.
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda voqea tafsilotlari har tomonlama o‘rganilmoqda. Kamchiliklar aniqlansa, tegishli shartnomalar qayta ko‘rib chiqiladi yoki bekor qilinadi.
Vazirlik Prokuratura idoralari, Iqtisodiyot va moliya hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari bilan hamkorlikda barcha zarur choralarni amalga oshiradi” – deyiladi vazirlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 25 sentyabr kuni Toshkent viloyatining Piskent va Bo‘ka tumanlarida bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilari zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berildi.
26 sentyabr kuni Nurmat Otabekov shifoxonalarga 1922 nafar bola zaharlanishdan shikoyat qilib murojaat qilganini aytdi.