Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

«Oltin to‘p» sohibi Dembele Transfermarkt versiyasi bo‘yicha dunyodagi eng qimmat 20 futbolchi qatoriga kirdi

«Oltin to‘p» sohibi Dembele Transfermarkt versiyasi bo‘yicha dunyodagi eng qimmat 20 futbolchi qatoriga kirdi

Fransiya terma jamoasi va «PSJ» hujumchisi Usman Dembelening baholangan narxi Transfermarkt saytining yangilanishi natijasida 10 million yevroga oshdi. Hozirgi paytda 2025 yilgi «Oltin to‘p» sovrindori 100 million yevroga baholanmoqda.

Yangilanishdan so‘ng, 28 yoshli hujumchi Transfermarkt talqini bo‘yicha dunyodagi eng qimmat 20 futbolchi ro‘yxatiga kirdi. Ro‘yxatning birinchi pog‘onasini Ispaniya terma jamoasi va «Barselona» vingeri Lamin Yamal (200 million yevro) egalladi. U joriy yildagi «Oltin to‘p» so‘rovida ikkinchi o‘rinni olgan edi.

O‘tgan mavsumda Dembele barcha musobaqalarda jami 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 35 ta gol urdi va 16 ta golli uzatma amalga oshirdi. U «PSJ» tarkibida Chempionlar Ligasi, Liga 1, Fransiya Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 23:23 10.10.2025. O'qildi: 976 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!