Italiyalik murabbiy Fabio Kannavaro Rossiyaning top-klublaridan birining qiziqishlari doirasida. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Janluka di Marsio xabar bermoqda.
Manbaga ma’lum bo‘lishicha, 51 yoshli mutaxassisning xizmatlariga Marko Nikolich ketganidan keyin bosh murabbiysiz qolgan Moskvaning SSKA klubi qiziqish bildirmoqda. Kannavaro nomzodini shaxsan "harbiylar" prezidenti Yevgeniy Giner qo‘llab-quvvatlamoqda.
Fabioning so‘nggi ish joyi Zagrebning "Dinamo" klubi edi. Aprel oyida italiyalik sobiq futbolchi Xorvatiya jamoasi boshqaruvini tark etdi.