Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Oltin rekordlarni o‘rnatdi

A A A
Oltin rekordlarni o‘rnatdi

Oltin AQSh dollarining zaiflashuvi, shuningdek, joriy haftada Federal rezerv tizimi tomonidan foiz stavkalarining sezilarli darajada pasayishi kutilayotgani tufayli o‘sishda davom etmoqda va yangi rekordlar o‘rnatmoqda.

Bundan tashqari, dam olish kunlari AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampga ikkinchi marta suiqasd uyushtirilganidan keyin xavfsiz aktiv sifatida oltinga talab ortdi, deya qayd etadi Trading Economics.

«Geosiyosiy xavf va qarzlar bilan to‘ldirilgan bo‘lingan dunyo oltin narxini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi», dedi Saxo Bank'ning tovar bozorlari strategiyasi rahbari Ole Xansen.

Goldman Sachs tahlilchilari 2025 yil boshida AQShda stavkalar pasayishi va rivojlanayotgan bozor mamlakatlari markaziy banklarining oltinga bo‘lgan talabi ortishi tufayli qimmatbaho metalning narxi bir unsiya uchun 2700 dollargacha ko‘tarilishi mumkinligi haqidagi prognozlarini tasdiqladi.

Kiritildi: 17:36 17.09.2024. O'qildi: 1698 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!