Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Oltin narxi tushib ketdi

Oltin narxi tushib ketdi

Oltinning birjadagi narxi aprel oyi boshidan beri eng past darajaga tushdi. Chikago tovar birjasida (CME) 14 may, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan savdolarda oltinning iyun fyucherslari 1,69 foizga arzonlashib, bir unsiya uchun 3193 dollarni tashkil etdi.

Oltin arzonlashmoqda, chunki AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo sulhi xavfsiz aktivlarning jozibadorligini pasaytirdi, deb yozadi Reuters. AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo keskinligining yumshashi global resessiya xavfini kamaytirdi va investorlarning riskka bo‘lgan ishtahasini oshirdi.

O‘tgan oyda oltin narxi savdo urushining kuchayishi bilan bog‘liq xavotirlar fonida bir unsiya uchun 3500 dollardan oshib, rekord darajaga yetdi.

Kiritildi: 21:39 14.05.2025. O'qildi: 730 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!