Savdo ma’lumotlariga ko‘ra, Comex birjasida (Nyu-York tovar birjasining bo‘limi) 2025 yil dekabr oyidagi oltin fyucherslarining narxi rekord darajadagi yangi ko‘rsatkichga yetdi va bir troya unsiyasi uchun 4170 dollardan oshdi.
Bu haqda "TASS" agentligi xabar bermoqda.
Toshkent vaqti bilan soat 05:36 holatiga ko‘ra, qimmatbaho metalning narxi bir troya unsiyasi uchun 4150 dollarni tashkil qilgan (1,97 foizga o‘sgan). Toshkent vaqti bilan soat 5:59 holatiga ko‘ra, oltin narxi bir unsiya uchun 4146,5 dollargacha pasaydi (1,88 foizga o‘sdi).
Toshkent vaqti bilan 05:06 holatiga ko‘ra, oltin narxi bir troya unsiyasi uchun 4138,1 dollargacha pasaydi (1,68 foizga o‘sdi).