 
        Turkiyaning Kirshehir shahrida polisiya xodimlari 21,5 kilogramm kontrabanda oltinini musodara qilishdi. Qimmatbaho metall aeroportdan taksida olib kelingan.
Kirshehir polisiya boshqarmasi tomonidan uyushtirilgan jinoyatchilik va kontrabandaga qarshi kurash bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan maxsus operasiya davomida oltin go‘sht maydalagich, xamir aralashtirgich va poyabzal qoliplari ichiga yashiringan holda topildi.
Tekshiruv davomida shahar kirish qismida to‘xtagan taksida O‘zbekiston fuqarosiga tegishli ikkita chamadon topildi. Chamadonlar ochilganda, polisiya xodimlari oltinning maishiy texnika ichiga chiroyli qilib yashiringanini payqashdi.
Topilgan oltinning umumiy og‘irligi 21 kilogramm 506 grammni tashkil etdi.
Tergov tugagandan so‘ng gumondor hibsga olindi.
Kirshehir gubernatori Murat Sefa Demiryurek mintaqa xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashda jinoyatchilik va kontrabandaga qarshi kurashning muhimligini ta’kidladi va polisiya xodimlariga professional faoliyati va matonati uchun minnatdorchilik bildirdi.
 18+ Andijonda 10-sinf o‘quvchilari tungi klublarda "javlon" urishmoqda (foto)
                    
                    18+ Andijonda 10-sinf o‘quvchilari tungi klublarda "javlon" urishmoqda (foto)
                 "Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi”
                    
                    "Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi”
                 Muhojirlar orasida birinchi: Ukrainaga qarshi urushda Rossiya armiyasi safida jang qilayotgan o‘zbeklar soni ma’lum bo‘ldi
                    
                    Muhojirlar orasida birinchi: Ukrainaga qarshi urushda Rossiya armiyasi safida jang qilayotgan o‘zbeklar soni ma’lum bo‘ldi