1️⃣Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tumani bo‘limi va IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan R.K. 4 300 AQSh dollarini fuqaro A.A.ga 52 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
2️⃣Shu kabi, Departamentning Mirzaobod tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.J. fuqaro J.R.ga 4 000 AQSh dollarini 48,8 mln so‘m sotgan vaqtida ushlangan.
3️⃣Departamentning Koson tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.SH. fuqaro B.YO.dan 4 000 AQSh dollarini 47,6 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ushlanib, 4 300 AQSh dollari va 65,7 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.