Bugun 24 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Olmazor tumanida ikki fuqaro o‘zaro janjallashdi

Olmazor tumanida ikki fuqaro o‘zaro janjallashdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar fuqaro o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Joriy yilning 6 iyun kuni taxminan soat 17.00 larda Olmazor tumani, Sag‘bon 1-berk ko‘chasida, 1993 yilda tug‘ilgan U.E. tanishi 1993 yilda tug‘ilgan M.A. bilan og‘zaki tortishib qolib, o‘zaro janjallashib ketgan. Shu atrofda bo‘lgan fuqarolar ularni ajratgan. Janjal natijasida hech kim tan jarohati olmagan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) alomatlari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudiga yuborilgan.

Kiritildi: 11:39 07.06.2025. O'qildi: 717 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!