Olmaliq shahar FVB qutqaruvchilari uyning ichiga kirib olgan ilonni zararsizlantirib, fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatdi.
Kuni kecha, Toshkent viloyati FVBga "112" tizimi orqali, Olmaliq shahri "Yulduz" MFYda joylashgan uylar birining ichiga ilon kirib olganligi va amaliy yordam zarurligi bo‘yicha murojaat kelib tushgan.
Xabarga asosan, FVB qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borishgan va ilonni zararsizlantirishgan.