Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Eron prezidenti: Agar AQSh Isroilni to‘xtatmasa, Tehron keskinroq javob beradi

Eron prezidenti: Agar AQSh Isroilni to‘xtatmasa, Tehron keskinroq javob beradi

Eron prezidenti Masud Pezeshkiyan AQShni Isroilning agressiv harakatlarini to‘xtatishga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, agar Vashington Isroilni jilovlamasa, Eron o‘z javobini yanada kuchaytirishga majbur bo‘ladi.

Pezeshkiyan bu haqda Ummon sultoni Xaysam bin Tariq bilan telefon suhbati chog‘ida ma’lum qildi.

“Agar AQSh hukumati bu shafqatsiz rejimning mintaqada beqarorlikni tarqatishini to‘xtatmasa, Eron javob choralarini kuchaytirishga majbur bo‘ladi. Bu avvalgi zarbalardan ham qattiq va dahshatli bo‘ladi”, — deyiladi prezident matbuot xizmati bayonotida.

Pezeshkiyan, shuningdek, Eron allaqachon Isroilga jiddiy zarar yetkazganini ta’kidladi.

Kiritildi: 19:05 18.06.2025. O'qildi: 2622 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!