Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi birinchi marta o‘rta masofaga mo‘ljallangan “Sijjil” raketasi jangovar holatda uchirilgani haqida ma’lum qildi.
Bu haqda Tasnim xabar bermoqda.
“Sijjil” Eronning ikki bosqichli qattiq yoqilg‘ida 2000 km masofaga uchadigan ballistik raketasi hisoblanadi.
Mutaxassislar uni yadro qurolini tashuvchi vosita deb hisoblaydi.
“Sijjil” raketasining Isroilga qanchalik talofat yetkazgani ma’lum emas.
SAXAL bugun uchirilgan raketalarning barchasi urib tushirilganini e’lon qilgan.