Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Olmaliq va Termiz uchun Xitoydan yo‘lovchi avtobuslar xarid qilinadi

Olmaliq va Termiz uchun Xitoydan yo‘lovchi avtobuslar xarid qilinadi

19 fevral, chorshanba kuni Transport vazirining birinchi o‘rinbosari M.Umarov videoaloqa orqali Xitoyning «Zhongtong Bus Holdings Co., Ltd» kompaniyasi, CIB banki hamda «Sinosure» sug‘urta tashkiloti mutasaddilari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Olmaliq, Termiz hamda Toshkent shahriga zamonaviy avtobuslarni xarid qilish loyihalarini moliyalashtirish bilan bog‘liq masalalar muhokama etilgan.

Xususan, Olmaliq shahriga «Olmaliq trans service» MCHJ tomonidan 83 dona, Termiz shahri uchun «Termiztransportxizmat» MCHJ tomonidan 100 dona zamonaviy avtobuslarni sotib olish orqali aholiga ko‘rsatilayotgan jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, respublika boshqa viloyatlariga zamonaviy avtobuslarni sotib olishda kredit, lizing shartlarini yengillashtirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Kiritildi: 12:51 20.02.2025. O'qildi: 1764 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!