Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Oliy ta’lim vazirligi 186 nafar talabani davlat stipendiyasi bilan taqdirladi

A A A
Oliy ta’lim vazirligi 186 nafar talabani davlat stipendiyasi bilan taqdirladi

O‘zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash bo‘yicha tanlov komissiyasining bayoni bilan 2018-2019—o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga olti xil Davlat stipendiyalari tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

186 nafar iqtidorli talaba O‘zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalariga sazovor bo‘ldi:

– 55 nafari Navoiy Davlat stipendiyasi;

– 56 nafari Beruniy Davlat stipendiyasi;

– 9 nafari Ulug‘bek Davlat stipendiyasi;

– 9 nafari Ibn Sino Davlat stipendiyasi;

– 2 nafari Imom al-Buxoriy Davlat stipendiyasi;

– 55 nafari Islom Karimov Davlat stipendiyasi.

Sovrindor talabalarga 2018 yil 1 sentyabridan boshlab joriy o‘quv yili davomida Davlat stipendiyasi tayinlanadi.

 

Kiritildi: 15:12 27.10.2018. O'qildi: 1291 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!