Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Olis va mo‘’jizakor Qoraqalpog‘iston: sehrli o‘lkaning sirli hududlariga sayohat (FOTOGALEREYa)

Olis va mo‘’jizakor Qoraqalpog‘iston: sehrli o‘lkaning sirli hududlariga sayohat (FOTOGALEREYa)

O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi hamkorligida jurnalistlar, blogerlar hamda ekofaollar ishtirokida press-tur tashkil etildi. Press-tur Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatining faoliyati va Orolbo‘yi mintaqasida cho‘llanishning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan keng jamoatchilikni tanishtirish maqsadida amalga oshirildi.

Press-tur davomida jurnalistlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining bir qator hududlari, xususan, Tabiat resurslari vazirligi tasarrufidagi "SudochYE-Akpetki" davlat buyurtma qo‘riqxonasining “SudochYE” ko‘li, “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘i hududidagi “Sariqamish” ko‘li, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati, noyob Buxoro bug‘ulari, Jampiq qal’asi kabi ob’ektlar bilan tanishishdi.

Dastlabki manzil “SudochYE” ko‘li bo‘ldi. OAV vakillari hudud bilan batafsil tanishtirilib, muhim ma’lumotlar berildi.

“SudochYE”, aslida, “suvi duchchi” degan mahalliy so‘zdan olingan, ya’ni “suvi chuchuk” ma’nosini anglatadi. Ushbu ko‘llar tizimida hozirda 240ga yaqin turdagi minglab ko‘chmanchi va doimiy yashovchi qushlar mavjud bo‘lib, ular orasidan tabiatda kam uchraydigan flamingo qushlar to‘dasini ham uchratish mumkin, – dedi "SudochYE-Akpetki" davlat buyurtma qo‘riqxonasi inspektori Temurbek Mamatayev jurnalistlarga “SudochYE” ko‘li haqida ma’lumot berarkan. – “SudochYE”da O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kirgan 40 turdagi qushlarning 30 turi, Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro tashkilotining “Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi turlarning Qizil ro‘yxati”ga kiritilgan 24 turdagi qushning 18 turi yashaydi”.

Press-tur davomida “Sariqamish” ko‘liga sayyohlar tashrifining oshib borayotgani, ko‘l hududidagi noyob qushlar haqida ma’lumot berildi. Bundan tashqari, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatidagi maxsus parvarishxonada noyob Buxoro bug‘ularining soni ortib borayotgani ta’kidlandi. Xususan, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati direktori Oybek Matkarimovning ta’kidlashicha, 1976-yilda parvarishxonaga 3 bosh Buxoro bug‘usi olib kelingan bo‘lsa, ayni damda ularning soni 18 boshga yetgan.

Jampiq qal’asiga tashrif davomida esa jurnalistlarga qal’aning uzoq yillik tarixi haqida ma’lumot berilib, ayni damdagi holati bilan tanishtirib o‘tildi.

Ta’kidlash kerakki, Orolbo‘yi mintaqasida cho‘llanishning oldini olish, hayvonot va nabotot olamini asrab-avaylash hamda ularning sonini oshirish maqsadida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar, qushlar va o‘simliklar alohida muhofazaga olingan.

“Afsuski, ba’zan noyob hayvonlar, qushlarni ovlash maqsadidagi brakonyerlar ham uchrab turadi, – deydi “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘ida inspektori Asqar Xo‘jayev. – Ammo ularga qarshi doimiy chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan noyob hayvonlar yoki qushlar qattiq muhofaza qilinadi”.

Ma’lumot uchun, nafaqat “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘i, balki Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati va boshqa obyektlarda ham tabiatni asrash yo‘lida doimiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Kiritildi: 12:43 25.05.2023. O'qildi: 2753 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!