Olimpiada chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev mushtlashuvda ishtirok etgani iddao qilinmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Olimpiada chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev o‘ziga Prezident tomonidan sovg‘a qilingan avtomashinadan tushib, bir fuqaro bilan janjallashgani aytilmoqda.
Guvohlar iddaosiga ko‘ra, sportchi fuqaroni musht bilan urib yerga yiqitgan. Jabrlanuvchining hozirgi ahvoli haqida hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Mo‘ydinxo‘jayevga nisbatan avvalroq 2024 yil Tahoe avtomashinasida harakatlanishda tezlikni oshirgani uchun 3 million 60 ming so‘m jarima qo‘llangani qayd etilgan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan rasmiy idoralar tomonidan hech qanday izoh berilmagan.