18 ming kishining ma’lumotlarini o‘rganib chiqib, olimlar hayratda qolishdi. Ularning psixo-emosional holati atigi bir hafta ichida sezilarli darajada yaxshilandi. Natijani bir yillik psixoterapiya bilan taqqoslash mumkin.
Baxt formulasi –ishtirokchilar kuniga 5-10 daqiqani kichik quvonchlarga sarfladilar: tabiatdan rohatlanish, boshqalar uchun quvonish yoki kimnidir maqtash va shu kabi emosiyalar.
Bu kichik narsalar psixikani qayta ishga tushiradi, stressni kamaytiradi, uyquni yaxshilaydi va hatto salomatlikni mustahkamlaydi.