Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Olimlar qo‘l berib ko‘rishmaslikni tavsiya qilmoqda. Nega?

Olimlar qo‘l berib ko‘rishmaslikni tavsiya qilmoqda. Nega?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JST) koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha yangi qo‘llanma chiqardi.

Barcha ish joylarini muntazam ravishda sanitar ishlovdan o‘tkazish hamda qo‘llarni yaxshilab yuvish JSTning asosiy tavsiyasi bo‘lib qolmoqda. Qayd etilishicha, umumiy foydalanishdagi buyumlarni ushlagandan so‘ng qo‘llarni sovunlab yoki spirtli dezinfeksiya vositalari bilan yuvish lozim.

AQSh sog‘liqni saqlash vazirligi kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazi (CDC) virus odamdan odamga havo orqali 2 metr masofadan yuqishi mumkinligini bildirgan. Shuningdek, virus saqlanib qolgan buyumlarni ushlagandan keyin yoki kasal odam bilan qo‘l berib ko‘rishgach yuvilmagan qo‘l burun, og‘iz yoki ko‘zga tegizilganida ham kasallik yuqishi mumkin. 

Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, koronaviruslar metall va plastik yuzalarda 9 kungacha, inson terisida esa 12 kungacha faol holatda bo‘lishi mumkin.

JST koronavirus tarqalishining oldini olish uchun tashkilot va korxonalar rahbarlariga ish joylari tozaligi va gigiyenasiga alohida e’tibor qaratishni tavsiya qilmoqda. Stol-stullar, telefonlar, klaviaturalar, zina va eshik tutqichlari muntazam ravishda artib turilishi kerak, deyiladi qo‘llanmada.

Kiritildi: 19:40 28.02.2020. O'qildi: 4003 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!