Saudiya Arabistonidagi Qirol Abdulla nomidagi Fan va texnologiya universiteti mutaxassislari koronavirusning eng aniq 3D modelini yaratishdi.
Bu haqda muassasa saytida xabar berilgan.
Ta’kidlanishicha, model SARS-CoV-2 virusining zamonaviy tuzilishini atom darajasida namoyish etadi va ilgari ko‘rish mumkin bo‘lmagan tafsilotlarni ochib beradi.
"Bizning modelimiz lipid membranasidagi tasodifiy joylashgan to‘liq bo‘lmagan boshoqli oqsillarni emas, balki bugungi kunda biz bilgan virusning to‘liq ultrastrukturasini namoyish etadi", demoqda tadqiqot mualliflaridan biri Ngan Nguyen.
Olimlar ularning modeli COVID-19ni batafsil o‘rganish va dori vositalarini yaratishni tezlashtirishga imkon beradi deb umid qilishmoqda.