Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Olimlar koronavirusni yenga oladigan antijism topishdi

A A A
Olimlar koronavirusni yenga oladigan antijism topishdi

Niderlandiyalik va nemis olimlari eksperimental monoklonal antijismni sintezlash jarayonini o‘tkazishdi. Bu antijism laboratoriya sharoitida koronavirus infeksiyasini yengishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Nature Communications ilmiy nashrida xabar berildi.

Utrext universiteti laboratoriyasida tayyorlangan oqsil moddasi odam immuniteti ishlab chiqaradigan moddaga o‘xshaydi. Uning vazifasi zararlangan joyni topish va aynan o‘sha joyga ta’sir o‘tkazishdan iborat

Tajribalar davomida 47D11 yangi antijismi nafaqat SARS-CoV-2, balki, unga turdosh bo‘lgan va o‘tkir respirator sindrom keltirib chiqaradigan SARS-CoV virusini ham yenga oldi.

Kiritildi: 21:49 05.05.2020. O'qildi: 7166 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!