Sun’iy intellekt odamlar, hayvonlar yoki o‘simliklarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan viruslarni yaratish imkonini berishi mumkin va bunday ssenariy allaqachon real tus olgan.
Bu haqda RIA Novostiga genomika va molekulyar biologiya sohasidagi avstraliyalik mutaxassis Lotti Tajuri ma’lum qildi.
Tajuri Dubay polisiyasi huzuridagi Olimlar kengashi a’zosi hisoblanadi va TEDx konferensiyasidagi chiqishi bilan ham tanilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt juda katta hajmdagi — oddiy ma’lumotlardan tortib eng murakkab axborotlargacha bo‘lgan ma’lumotlarga kirish imkonini beradi.
"Bu ssenariy real bo‘lishdan ham ko‘proq darajada ishonarli", — dedi olim.
Tajurining ta’kidlashicha, nazariy jihatdan odamlar, hayvonlar yoki o‘simliklarga ta’sir qiluvchi viruslar to‘plamini yaratishga jiddiy to‘siq yo‘q. U bu bilan bog‘liq xavfni juda yuqori deb baholadi.
Mutaxassisning aytishicha, kompyuter dasturini o‘chirish mumkin, ammo atrof-muhitga chiqarilgan biologik agentni ortga qaytarishning iloji yo‘q.
Shu sababli u bunday tahdidlarga qarshi himoya choralarini oldindan ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.