Londondagi Qirolicha Mariya universiteti olimlari ogohlantirmoqda. Dunyo okeanida hozir 170 trillionga yaqin plastmassa bo‘laklari mavjud. Ular nafaqat suvda, balki havoda, daryolarda va hatto inson tanasida ham topilmoqda.
Olimlarning aytishicha, hatto agar insoniyat bugun plastik ishlab chiqarishni to‘xtatsa ham, okeanlardagi chiqindilarni yo‘qotish uchun 100 yildan ortiq vaqt kerak bo‘ladi.
Plastikning mikrozarrachalari odamda qandli diabet, yurak kasalliklari va ichak faoliyati buzilishiga olib kelishi mumkin.
“Ertaga ishlab chiqarishni to‘xtatsak ham, nevaralarimiz okeanlarni bizning izlarimizdan tozalashga majbur bo‘ladi”, — dedi professor Keyt Spenser.