Yaponiyaning Okayama prefekturasida o‘tkazilgan "yalang‘och festival" vaqtida kamida olti kishi jarohatlandi.
Bu haqda NHK telekanali xabar bermoqda.
Aniqlik kiritilishicha, kamida uch kishi hushsiz holatda shifoxonaga yotqizilgan.
Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, tirbandlik tadbir bo‘lib o‘tayotgan ibodatxonaning bosh zalida yuzaga kelgan. O‘sha paytda olomon ichiga maxsus "muqaddas tayoqchalar" tashlangan bo‘lib, an’anaga ko‘ra, ishtirokchilar yil davomida omad hamroh bo‘lishi uchun ularni qo‘lga kiritishlari kerak bo‘lgan.