Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi, 2-guruh nogironligi bo‘lgan shaxs, 1963 y.t., fuqaro Q.SH. ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs bank kartasida mavjud bo‘lgan jami 5.040.000 so‘m pullarini yechib olganligini bildirgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida fuqaro Q.SH.ning bank kartasidan pullarni yechib olgan shaxs Dehqonobod tumanida yashovchi, oilaviy shifokorlik punkti feldsheri 1993 y.t., V.E. ekanligi aniqlangan.
U mazkur jinoyatni fuqaro Q.SH. oilaviy shifokorlik punktiga shifokor ko‘rigiga kelgan vaqtda, uning mobil telefonidan bank kartasi ma’lumotlarini va SMS-kodni qo‘lga kiritib, “CLICK Evolution” mobil ilovasi orqali pullarni o‘zlashtirgan.
V.E.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.