Quvasoy shahrida ona va qiz o‘rtasida yuzaga kelgan oilaviy nizo sudgacha yetib bordi. Ona tomonidan uydan chiqarib yuborilgan qiz o‘z huquqini himoya qilish maqsadida sudga murojaat qildi.
Sudning qonuniy qarori asosida fuqaroni turar joyiga kiritish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Quvasoy shahar bo‘limiga kelib tushdi.
MIB davlat ijrochilari tomonidan amalga oshirilgan ijro harakatlari natijasida sud qarori to‘liq ta’minlandi. Qiz qonuniy ravishda o‘z uyiga kiritildi va uning buzilgan huquqi tiklandi.
Qonun ustuvor bo‘lgan joyda adolat albatta qaror topadi.