Bugun 29 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Ohangaron tumanida YHX avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi

Ohangaron tumanida YHX avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi

Bugun, 23 iyul kuni soat tahminan 05:00 larda Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan o‘tgan A373 "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo‘lining 39-kilometrida 1969 va 1992 yillarda tug‘ilgan haydovchilar boshqaruvidagi "Gentra" va "Cobalt" rusumli transport vositalari ishtirokida insonlar jarohat olishiga sabab bo‘lmagan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joyga "Lasetti" rusumli xizmat avtomobilida yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari yetib borishgan va yo‘l-transport hodisasini rasmiylashtirish va ushbu joyda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida patrul avtomobilini mayoqchalarini yoqgan holda qatnov qismining o‘ng bo‘lagiga joylashtirishgan.

Shundan so‘ng, haydovchi 2001 yilda tug‘ilgan R,A "HOWO" rusumli yuk avtomobilini "Toshkent-Olmaliq" yo‘nalishida boshqarib kelib, tajribasizligi hamda e’tiborsizligi natijasida "Lasetti" rusumli patrul avtomobilini yon qismiga borib urilishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Ushbu holatda harakat ishtirokchilarini sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.

Ikkala yo‘l-transport hodisalari yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:35 23.07.2025. O'qildi: 699 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!