Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Ogohlik: O‘zbekiston dorixonalarida bir necha dorilarni sotish taqiqlandi

A A A
Ogohlik: O‘zbekiston dorixonalarida bir necha dorilarni sotish taqiqlandi

Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram messenjerida O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi Xorazm viloyati Urganch tumani prokurori tomonidan 18 iyun kuni tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i v.v.b. F. Sultonov va "Xorazm dori-darmon" MCHJ raisi S.Rajabovga yozilgan xatning surati tarqaldi.

Xatda 18 iyun kuni Olma ota shahrida 3 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan 12 nafar bola dori vositalari ta’sirida yuzaga kelgan kuchli reaksiya oqibatida vafot etgani aytiladi. Reaksiya shu darajada kuchli bo‘lganki, bolalardan hech biri kasalxonaga kelishga ulgurmagan, ularning barchasi uyida yoki kasalxonaga kelishda vafot etishgan.

Aniqlanishicha, dori vositalari kontrabanda yo‘li bilan O‘zbekistonga ham olib kelingan va hozirda fuqarolar sog‘lig‘iga jiddiy xavf tug‘diradi.

Har qanday sharoitda ham sotuvga chiqarish mumkin bo‘lmagan dori vositalarining ro‘yxati ham keltirilgan:

  • Amoksosillin
  • Kapesula
  • Ibuprofen suspenziya
  • Alklofenak
  • Sumamed
  • Ingalipt
  • Antisept
  • Inflyusid
  • Detskiy panadol
  • Sanasol

Xatda yuqoridagi dori vositalari sotuvga chiqib ketishining oldini olish choralarini ko‘rish va ularning sotuvga chiqarilgani aniqlangan holatlarda tuman prokuraturasiga xabar berilishi so‘ralgan.

Hozircha bu borada rasmiy xabar berilgani yo‘q.

Manba: uz24.uz

Kiritildi: 16:52 20.06.2018. O'qildi: 3122 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik