"Bunyodkor" yarim himoyachisi Odil Hamrobekov Eronning "Persepolis" klubi taklifini rad etdi.
Xabarlarga ko‘ra, tehronliklar futbolchi uchun "Bunyodkor"ga 150-200 ming dollar tovon puli to‘lashga tayyor bo‘lgan, ammo Hamrobekov taklifni (tomonlar shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelisha olmadi) rad etdi.
Futbolchi legioner bo‘lish uchun variantlarni ko‘rishda davom etadi.