Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Odamlarni pullarini “onlayn do‘kon” bahona shilmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

A A A
Odamlarni pullarini “onlayn do‘kon” bahona shilmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Buxoro viloyati Olot tumanida yashovchi 31 yoshli (ayol) Q.M. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 202.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Navoiy viloyati, Navbahor tumanida yashovchi 21 yoshli (ayol) R.Q. sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, R.Q. jabrlanuvchi Q.M. bilan “Telegram” messenjeridagi “Arzon Pekin tovarlar” nomli guruhda tanishib, unga ayollar ko‘ylagini arzon narxda qilib berishini, shuningdek, yetkazib berish xizmati ham mavjudligini aytib aldab, o‘zining foydalanuvidagi bank kartasiga 202.000 so‘m miqdoridagi pullarini oldindan o‘tkazdirib olgan, so‘ng yozishmalarni o‘chirib yuborib, akkauntini "qora ro‘yxat"ga kiritib qo‘ygan va buyurtma qilgan ko‘ylagi ham yetkazib berilmagan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, R.Q.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda. Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Kiritildi: 17:15 05.08.2023. O'qildi: 1662 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!