Adliya vazirligi ro‘yxatdan o‘tkazgan Markaziy bankning yangi qaroriga ko‘ra, agar biror bank iste’molchini chalg‘ituvchi kredit mahsulotini taklif qilsa, unga nisbatan ayrim moliyaviy operasiyalarni amalga oshirishni 6 oygacha cheklash yoki taqiqlash chorasi qo‘llaniladi.
Shuningdek, quyidagi qo‘shimcha majburiyatlar belgilandi:
🔸Banklar reklamada majburiyatlarni bajarmaslik xavfli ekanini ogohlantirishi shart. Bu ogohlantirish reklama maydoni yoki vaqtining kamida 10 foizini egallashi lozim.
🔸Shartnomaning eng birinchi sahifasida, matn boshlanishidan oldin, varaqning kamida 30 foizini egallaydigan katta ogohlantirish matni joylashtiriladi.