Gabon terma jamoasi FIFA kunlarida Toshkent mezbonlik qiladigan FIFA Series turnirida ishtirok etadi.
Jamoaning vaqtincha bosh murabbiyi Aniset Yala musobaqada ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Biroq ro‘yxatda ko‘pgina yetakchilar yo‘q.
Afrika kubogidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan so‘ng ma’lum muddat chetlatilgan terma jamoa yetakchisi Pyer-Emerik Obameyang O‘zbekistondagi bellashuvlar uchun rasmiy chaqiruv olgan, biroq taklifni rad etgan va e’tiborini klubga qaratishga qaror qilgan.
Qolaversa, FIFA mazkur turnir uchun tarkib tanlashda Afrika kubogi uchun kengaytirilgan 55 nafar futbolchilar ichidan tanlov qilishi kerakligini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Gabon ilk uchrashuvini O‘zbekistonga qarshi o‘tkazadi. O‘yin 27 mart kuni 19:00 da boshlanadi.