Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

OAV: Britaniya Eronni milliy xavfsizlikka tahdid solayotgan eng yirik xatarlardan biri deb atadi

OAV: Britaniya Eronni milliy xavfsizlikka tahdid solayotgan eng yirik xatarlardan biri deb atadi

Britaniya hukumati uchun Eron — mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid solayotgan eng katta xavflardan biri sifatida baholanmoqda. Bu haqda The Daily Telegraph gazetasi xabar berdi. Nashr ma’lumotni Britaniya parlamentining Razvedka va xavfsizlik qo‘mitasi qo‘liga tushgan maxfiy hisobotga tayanib e’lon qilgan.

Ma’lum qilinishicha, hisobot ikki yil mobaynida tayyorlangan bo‘lib, 100 sahifadan iborat. Unda Eron razvedka xizmatlari Britaniyadagi muxolifatchilarni jismonan yo‘q qilishga urinib kelayotgani haqida xulosalar berilgan.

Hisobot mualliflari ma’lumotlarni Britaniya maxsus xizmatlarida ishlovchi Eronlik mutaxassislar bilan suhbatlar, shuningdek, maxfiy hujjatlar tahlili asosida tuzgan. Unda, shuningdek, Eronlik xakerlarning Britaniya kompaniyalariga yetkazayotgan zarari ham qayd etilgan.

The Daily Telegraph ma’lumotiga ko‘ra, ushbu hisobotni tayyorlashga Britaniyaning yangi Bosh vaziri Key Starmer shaxsan ruxsat bergan. Ammo hujjat ommaga qachon e’lon qilinishi hozircha ma’lum emas.

Kiritildi: 08:03 07.07.2025. O'qildi: 521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!