Telekanalning xabar berishicha, Hyundai i20 mashinasi rulida Xaryana shtatidagi terrorchilik guruhiga aloqador shaxs sifatida qaralayotgan doktor Umar Muhammad bo‘lgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u portlovchi modda sifatida ammiak-nitrat yoqilg‘isidan foydalangan. Portlashdan oldin Muhammad avtomobilni tark etmagan.
10 noyabr kuni Nyu-Dehli shahrining diqqatga sazovor joylardan biri bo‘lgan Qizil qal’a yaqinida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi va 20 dan ortiq odam jarohatlandi. Hindiston polisiyasi portlash sabablari bo‘yicha "barcha ehtimoliy versiyalar ko‘rib chiqilayotgani”ni ma’lum qilgan. Portlash to‘lqini atrofdagi avtomobillarga ham zarar yetkazgan, bir necha mashina va motorikshalar yonib ketgan.
Hindiston poytaxtida kuchaytirilgan trevoga e’lon qilingan, boshqa shtatlarda, xususan, Toj Mahal joylashgan Uttar-Pradesh va Hindistonning moliyaviy poytaxti Mumbayda ham xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.