Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Nvidia $620 milliard kapitalizasiyani yo‘qotdi

Nvidia $620 milliard kapitalizasiyani yo‘qotdi

Nvidia $620 milliard kapitalizasiyani yo‘qotdi – DeepSeek muvaffaqiyati investorlarni tashvishga soldi.

Amerikaning sun’iy intellekt uchun chiplar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Nvidia kompaniyasi bir kun ichida $620 milliard bozor qiymatini yo‘qotdi. Financial Times xabariga ko‘ra, kompaniya aksiyalari 17,8% ga tushib, Nvidia tarixidagi eng yirik kapitalizasiya yo‘qotishiga sabab bo‘ldi.

Bunga Xitoyning DeepSeek startapi erishgan yutuqlar asosiy sabab bo‘ldi. Startap kamroq xarajat bilan kuchli sun’iy intellekt modellarini yaratish mumkinligini isbotladi. Bu esa Microsoft va Alphabet kabi texnologik gigantlarning Nvidia kabi chip yetkazib beruvchilarga qilayotgan milliardlab dollar investisiyalari qanchalik o‘zini oqlashi borasida shubha uyg‘otdi.

Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, DeepSeek'ning yangi sun’iy intellekt modeli App Store reytingida yetakchiga aylandi. Bu esa texnologik innovasiyalarni arzonroq yo‘llar bilan ham rivojlantirish mumkinligini ko‘rsatdi. Union Bancaire Privee kompaniyasi boshqaruvchi direktori Veysern Ling DeepSeek muvaffaqiyati yirik AI kompaniyalarining hozirgi strategiyalarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilishi mumkinligini ta’kidladi.

Kiritildi: 11:23 30.01.2025. O'qildi: 664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!