Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Nursulton Ro‘ziboyevning o‘zi UFC'dagi jangini e’lon qildi

Nursulton Ro‘ziboyevning o‘zi UFC'dagi jangini e’lon qildi

O‘zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Nursulton Ro‘ziboyev keyingi jangini anons qildi.

31 yashar hamyurtimiz 17 avgust kuni AQShning Illinoys shtati, Chikago shahrida tashkil etiladigan UFC 319 turnirida oktagonga ko‘tariladi.

Unga turnir doirasida avval aytilganidek, amerikalik Brayan Battl raqiblik qilishi oydinlashdi.

E’tiborlisi, bellashuv ko‘pchilik taxmin qilganidek yarim o‘rta vazn toifasida emas, Nursulton so‘nggi bahslarini o‘tkazib kelayotgan o‘rta vazn toifasida tashkil etiladi.

"Ko‘rishguncha, Chikago. UFC 319", deya quyidagi suratni izohlagan Nursulton.

Nursulton Ro‘ziboyevning o‘zi UFC'dagi jangini e’lon qildi

Kiritildi: 23:19 12.06.2025. O'qildi: 592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!