Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Nurlanish, stress va mikroblar: Telefoningizni yostiq ostiga qo‘yib uxlamang!

A A A
Nurlanish, stress va mikroblar: Telefoningizni yostiq ostiga qo‘yib uxlamang!

Mobil telefonlar bugun hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Sevimli gadjetimiz doimo qo‘limizda yoki cho‘ntagimizda. Hatto uxlaganda ham yostiq oldiga telefonni qo‘yib yotamiz. Xo‘sh, bu sog‘liq uchun qanchalik xavfli?

🔊 Radiochastota nurlanishi
Smartfonlardan chiqadigan radiochastota (RF) nurlanishi inson salomatligiga katta xavf tug‘dirmaydi. Biroq uzoq muddatli ishlatish ayrim xavflarni yuzaga keltirishi mumkin. Mutahassislar gadjetlarning tanaga yaqin joyda bo‘lish vaqtini minimallashtirishni tavsiya qiladi. Bu qoida, ayniqsa, tungi uyqu vaqtida muhimdir. “Parvoz” (rejim polyota) rejimida telefonni yotoqdan uzoqroq tutish maqsadga muvofiqdir.

🔴 Uyqu sifati
Telefonga yaqin joyda uxlash organizm tiklanishi sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin:
— Birinchidan, qurilmadagi ko‘k ekran uyquni tartibga solish uchun mas’ul bo‘lgan melatonin gormoni ishlab chiqilishiga xalaqit beradi.
— Ikkinchidan, telefonga kelayotgan SMS-xabarlar va turli signal tovushlari dam olishingizga xalaqit beradi. Smartfon vibrasiyasi va ovozlar odamni uyg‘otib yuboradi, bu ham uyquning umumiy sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

🔴 Psixologik omil
Telefonni yotoq oldida qo‘yib uxlash gadjetlarga qaramlikni oshirishi mumkin. Smartfon yonida turganini ko‘rgan odamlar behuda ijtimoiy tarmoqlarni tekshirishi kuzatiladi. Bu esa ruhiy salomatlik uchun zararlidir. Smartfonga qaramlik stress va tashvish darajasining oshishiga olib kelishi fan tomonidan isbotlangan.

🔴 Gigiyena va salomatlik
Smartfon — bu o‘zimiz bilan hamma joyda olib yuradigan va doimo mikroblar hamda bakteriyalar ta’siriga uchraydigan predmet. Tadqiqotlarga ko‘ra, gadjetlar yuzasida turli infeksiyalarni keltirib chiqaradigan millionlab mikroblar mavjud.

🔴 Nima qilish kerak?
— Avvalo, kechasi keladigan xabarlar sizga xalal bermasligi uchun “Bezovta qilinmasin” rejimiga o‘ting.
— Ijtimoiy tarmoqlarni tekshirishga qo‘l bormasligi uchun telefonni uzoqroqqa yoki umuman boshqa xonaga qo‘yib yoting.
— Smartfondag‘i uyg‘otgich o‘rniga an’anaviy soatlardan foydalaning.

Kiritildi: 08:36 24.10.2025. O'qildi: 1135 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!