Nukus shahar prokurori lavozimida shu yilning 1 may sanasidan boshlab faoliyat yuritib kelayotgan Xalmuratov Rasul Tlegenovich yangi lavozimga tayinlandi. Bu haqida KRuz.uz'ga Nukus shahar prokuraturasi ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018 yilning20 noyabr kunida bo‘yrug‘i asosida Xalmuratov Rasul Tlegenovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib boradigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Rasul Xalmuratov Nukus shahar prokurori bo‘lishidan oldin Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasida bo‘lim mudiri lavozimida ishlagan.
Manba: makan. uz