Bugun 31 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Noyabrda bizni qanday ob-havo kutmoqda?

Noyabrda bizni qanday ob-havo kutmoqda?

Bu yil noyabr oyi qanday bo‘ladi? "O‘zgidromet" bu haqda ma’lumot berdi.

3 noyabrdan shimoliy hududlarga, 4 noyabrdan O‘zbekistonning barcha hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishni boshlaydi. 3-5 noyabrda respublika viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanadi.

4-7 noyabrda havo harorati kechasi 0-3 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda sovuqqacha, kunduzi 8-13 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi.

Keyinchalik noyabr oyining oxirigacha havo harorati kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliqdan 5-10 daraja iliqqacha, kunduzi 8-13 daraja iliqdan 18-23 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

Noyabr oyida o‘rtacha oylik havo harorati me’yordan 1-1.5 daraja past bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylada me’yorga yaqin bo‘ladi.

Noyabr oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunligida (2-3 kun) yog‘ingarchilik asosan yomg‘ir ko‘rinishida kutilmoqda.

Kiritildi: 22:12 30.10.2025. O'qildi: 770 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!