Norvegiyaning eng yirik pensiya jamg‘armasi KLP Amerikaning Oshkosh Corporation va Germaniyaning ThyssenKrupp kompaniyasini G‘azo sektorida Isroil harbiylari tomonidan qo‘llanilgan qurol va jihozlarni sotish bo‘yicha investisiya portfelidan chiqarib tashladi.
Bu haqda Norvegiya jamg‘armasi bayonotiga tayanib, The Times of Israel nashri yozmoqda.
Dunyodagi eng yirik Norvegiya suveren jamg‘armasiga kirmaydigan KLP, Oshkosh Isroil harbiylariga yuk mashinalari yetkazib berganini, bu esa ularni qo‘shinlarni tashish uchun zirhli mashinaga aylantirganini da’vo qilmoqda.
Jamg‘arma, shuningdek, ThyssenKrupp G‘azodagi urushdan oldin Isroil dengiz kuchlarini korvetlar va suv osti kemalari bilan ta’minlashga rozi bo‘lganlikda aybladi.
"Kompaniyalar asosiy inson huquqlari va insonparvarlik qonunchiligining buzilishiga sherik bo‘lmaslik uchun tegishli tekshiruvdan o‘tishning mustaqil majburiyatiga ega", dedi KLP Asset Management mas’ul sarmoya bo‘limi rahbari Kiran Aziz.
Birinchi chorakda 114 milliard dollarlik aktivlarni boshqargan KLP Oshkosh korporasiyasidagi 19 million kron (1,9 million dollar) qiymatidagi aksiyalarini sotdi. Shuningdek, u ThyssenKrupp kompaniyasiga 10 million kronga sarmoyasini sotdi.
Bayonotda aytilishicha, ikkala kompaniya ham KLPning “qurolni mojarolarni tartibga soluvchi xalqaro huquqni jiddiy va tizimli ravishda buzilishini tashkil etuvchi qurol ishlatadigan qurolli mojarolarda qatnashayotgan davlatlarga qurol sotish” mezoni asosida chiqarib tashlandi.